13 Mart 2022 1118

Olti nafar bokschimiz Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi

Iordaniyada boks boʻyicha Osiyo chempionati doirasidan oʻrin olgan oʻsmirlar toifasidagi bahslar yakunlandi. Kunning ikkinchi yarmida yigitlarimiz ajoyib janglari bilan yana bir bor barchada iliq taassurot qoldirishdi. Finalda jang qilgan qilgan 11 nafar bokschimizdan 6 tasida yakunda qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi. Shu tariqa oʻsmir yigitlar jamoamiz musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.


Chempionlar:

-48 kg: Ilhomjon Ergashev

-50 kg: Samandar Olimov

-70 kg: Jafarbek Shahbozov

-75 kg: Temurbek Abduvohidov

-80 kg: Rahmonjon Qodirov

+ 80 kg: Ozodbek Aliyev

Kumush medal sohiblari:

-52 kg: Sunnatilla Oʻktamaliyev

-54 kg: Mironshoh Norqosimov

-57 kg: Farruh Toʻlaganov

-60 kg: Mirzakamron Yunusov

-63 kg: Hojiakbar Qudratov

Bronza medali sohibi:

-66 kg: Sardor Dilolov

Text to speech