27 Fevral 2022 746

Stranja-2022: Jamoamiz musobaqani oltita oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi!

Og‘ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullajonov (+92 kg) bugungi final jangini g‘alaba bilan yakunladi va delegatsiyamiz hisobiga oltinchi oltin medalni taqdim qildi.

+92 kg: Lazizbek Mullajonov – Nelviye Tiafak 5:0

Jamoamizning “Stranja-2022” musobaqasida qo‘lga kiritgan medallari:

Oltin medallar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov

Bronza medali:
-52 kg: Tursunoy Rahimova

Text to speech