27 Fevral 2022 1498

Osiyo chempionatidan so‘ng tog‘ chang‘ichilarimiz xalqaro musobaqada muvaffaqiyat qozonishdi

Livanda tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo chempionatidan so‘ng ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa mamlakat ochiq chempionati maqomida o‘tdi. Slalom yo‘nalishida kechgan bahsda vakillarimiz shohsupaning barcha pog‘onalarini egallashdi. Yakunda Arman Guyupov oltin, Medet Nazarov kumush va Rolan Raimqulov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qizlar bahsida esa Ra’no Imonqulova ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Text to speech