27 Fevral 2022 1277

Qilichbozlarimizning Osiyo chempionatidagi g‘alabali ishtiroki davom etadi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida navbatdagi kun ortda qoldi. Bugun o‘tkazilgan bahslardan so‘ng o‘smirlar dasturiga yakun yasaldi.

Reglament bo‘yicha ushbu kun qizlar shpaga va sablya, yigitlar rapira qurolida jamoaviy dasturda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, qizlarimiz shpaga va sablya dasturlarida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Afsuski, finalda gonkonglik rapirachilarga qarshi final bellashuvida yigitlarimiz imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati (U-17)
Qizlar, jamoaviy shpaga:
1. O‘zbekiston
2. Hindiston
3. Gonkong
3. Qozog‘iston

Qizlar, sablya:
1. O‘zbekiston
2. Gonkong
3. Hindiston
3. Qozog‘iston

Yigitlar, rapira:
1. Gonkong
2. O‘zbekiston
3. Malayziya
3. Quvayt

Text to speech