27 Fevral 2022 1153

Istanbuldagi musobaqada erkin kurashchilarimizning chiqishiga guvoh bo‘lamiz

Turkiya poytaxtida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqa yakuniga yetib bormoqda. Bugun o‘tkaziladigan erkin kurash bahslari bilan turnirga yakun yasaladi. Ushbu kun dasturida Bekzod Abdurahmonov, Umidjon Jalolov, G‘ulomjon Abdullayev kabi mahoratli polvonlarimiz bahs olib borishadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

61 kg: G‘ulomjon Abdullayev - Kabbar Duyum (Turkiya)
65 kg: Umidjon Jalolov - Ali Rahimzoda (Ozarbayjon)
65 kg: Abbos Rahmonov - Umidjon Jalolov / Ali Rahimzoda (Ozarbayjon)
65 kg: Nodir Rahimov - Nikolay Oxlopkov (Ruminiya)
74 kg: Asomiddin Hasanov - Pritam Pritam (Hindiston)
86 kg: Bekzod Abdurahmonov - Maksat Satibaldi (Qozog‘iston)

Text to speech