21 Fevral 2022 2504

Sambo bo‘yicha mamlakat chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun Toshkent shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.

Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alam Mullayev, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va boshqalar ishtirok etishdi.

Oybek Kasimov O‘zbekiston chempionatini rasman ochiq deb e’lon qilganidan so‘ng tantanali ochilish marosimining badiiy qismi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning chiqishi muxlislarda yorqin taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng musobaqaning final bellashuvlari boshlandi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar rasmiylar tomonidan taqdirlanishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 23 fevralga qadar davom etadi.

Text to speech