17 Fevral 2022 2540

Poytaxtimizda respublikamizning eng kuchli sambochilari aniqlanadi

Toshkentda sambo boʼyicha erkaklar, ayollar oʼrtasida va jangovar yoʼnalishida Oʼzbekiston chempionati boʼlib oʼtadi. Mamlakatning eng kuchli sambochilari turli vazn toifalarida oʼzaro kurash olib boradilar.

21-23 fevral kunlari "Universal" sport majmuasining gilamlarida respublikaning mashhur sambochilari ishtirokida yorqin bellashuvlar oʼtkaziladi.

Ushbu Oʼzbekiston chempionatida bir nechta medallar jamlanmasi oʼynaladi va eng kuchli sportchilar joriy sport mavsumining boʼlajak musobaqalarida ishtirok etish huquqiga ega boʼladilar.

Text to speech