17 Fevral 2022 1858

Olga Zabelinskaya joriy mavsumdagi ilk poygasida ishtirok etadi

Bugun professional velosportchi, Oʼzbekiston velosport terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya joriy mavsumdagi ilk poygasi "Setmana Valenciana-Volta Comunitat Valenciana Fémines" musobaqasida ishtirok etadi.

 U Kanadaning yetakchi jamoasi "WorldTour - Israel Premier-Tech" homiylik qiladigan "Roland Cogeas Edelweiss" jamoasi tarkibida chiqish qiladi.

 Eslatib oʼtamiz, Olga "WorldTour" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Oʼzbekistonning yagona vakili boʼlib, bu yuqori saviyadagi nufuzli poygalarida qatnashish huquqini beruvchi oliy divizion hisoblanadi. 

Bugungi musobaqa ancha qiyin kechishi aniq. Oʼz navbatida Olga Zabelinskayaga mavsum davomida omad, kuch va zafarlar tilaymiz! Uni oldinda Tojikistondagi Osiyo chempionati, qolaversa, Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo oʼyinlari kutib turibdi.

Text to speech