17 Fevral 2022 2732

Sirdaryoda kamondan otishni rivojlantirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda

Bugun Sirdaryo viloyati Xovos tumani 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida viloyatda kamondan otish sport turini rivojlantirish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kamondan otish sportini rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat chempionati o'tkazilmoqda.

Dastlab, shu sport turini ommalashtirish bo'yicha Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya viloyat qo'riqlash boshqarmasi-Kamondan o'q otish federatsiyasi va viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga seminar-trening o'tkazilib, kamondan o'q otish turi tarixi, qoidalari bo'yicha tushuntirib o'tildi.

Chempionat davom etmoqda.

Manba: Sirdaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

Text to speech