17 Fevral 2022 2532

Qilichbozlik boʼyicha Oʼzbekiston kubogida shpaga yoʼnalishida gʼolib va sovrindorlar aniqlandi

Аvval xabar berganimizdek, shu kunlarda respublikaning eng kuchli qilichbozlari poytaxtda jam boʼlishgan. Sportchilar Oʼzbekiston kubogida oʼz imkoniyatlarini sinovdan oʼtkazishmoqda.

Shu paytga qadar, shpaga yoʼnalishida yakkalik dasturda musobaqa gʼoliblari aniqlandi. Murosasiz bahslar natijasida medallar asosan mezbonlarga nasib etdi.

Natijalar:
Shpaga. Erkaklar:
1. Fayzulla Аlimov (Toshkent),
2. Roman Аleksandrov (Mudofaa vazirligi sport markazi),
3. Mirzoulugʼbek Moʼminov, Muhammadyusuf Sodiqov (Toshkent);

Shpaga. Аyollar:
1. Shaxzoda Egamberdiyeva (Mudofaa vazirligi sport markazi),
2. Dilnaz Murzatayeva (Qoraqalpogʼiston),
3. Rada Qosimova, Jasmina Suvonova (Toshkent).

Bugun shpaga yoʼnalishida jamoaviy dasturda eng kuchli sportchilar aniqlanadi. 18-fevral kuni rapira boʼyicha yakkalik bahslari boʼlib oʼtsa, 19-fevral kuni ushbu yoʼnalishdagi jamoaviy bahslar bilan musobaqa oʼz yakuniga yetadi.

Text to speech