16 Fevral 2022 2107

Toshkent viloyatida sport tadbiri bo'lib o'tdi

Quyi chirchiq tuman yoshlari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktabi xodimlari tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir Mashrab mahallasidagi 11-sonli maktabning "Chim stadioni"ni ochilish marosimi bilan boshlandi.

Mini futbol bo‘yicha 5 ta mahallalararo musobaqalar, boks, kurash va shaxmat sport turlari bo‘yicha bellashuvlar, madaniy va ko‘ngilochar namoyishlar, rassomchilik ko‘rgazmalari tadbirni yanada jonlantirdi.

Manba: Toshkent viloyati turizm va sport boshqarmasi

Text to speech