15 Fevral 2022 2165

So‘x yoshlari uchun “Harbiy qismda bir kun” loyihasi tashkil etildi

Mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Farg‘ona viloyati So‘x tumani yoshlari uchun Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari So‘x garnizonida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Dastavval yoshlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng ular saf tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalari va harbiy anjomlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Kunning ikkinchi yarmida loyiha ishtirokchilari qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasini kuzatishdi.

Bunday tadbirlar ertamiz davomchilarining shakllanishlarida o‘ziga xos o‘rin tutadi, deya ma’lum qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Text to speech