15 Fevral 2022 1968

Konimeh tumanida oddiy aholi o‘rtasida bir qator sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Konimeh tumanining chekka hududlaridan biri «Yangi g‘azg‘on» qishloq fuqarolar yig‘inida «Uch avlod uchrashuvi» nomli musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda Konimex tuman hokimligi, tuman Madaniyat bo‘limi, Turizm va sport bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, yoshlar agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sport tadbirlari o‘tkazildi. Bellashuvlarda jami 550 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tadbir davomida yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning shaxmat, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi, milliy kurash hamda kamondan o‘q otish turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat boshqarmasi hamda tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech