11 Fevral 2022 2256

Namanganda basketbol bo‘yicha mamlakat chempionatining 2-turi o‘tkazildi

Basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining 2-tur o‘yinlari Namangan Olimpiya zaxiralari kolleji sport zalida bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi bahslarda Namangan viloyati, Namangan shahri, Sirdaryo viloyati, Samarqand viloyati, Samarqand shahri hamda Xorazm viloyatlaridan 6 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Davraviy tizimda o‘tkazilgan 2-tur bahslaridan keyin Samarqand viloyati vakillari 16 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. Xorazm viloyati 14 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Hozircha kuchli uchlikka Namangan viloyati jamoasi 12 ochko bilan yakun yasab bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining 1-tur o‘yinlariga Xorazm viloyati mezbonlik qilgandi.

Text to speech