10 Fevral 2022 1020

Pekin-2022: Bundestim hamon yetakchi

Xitoy poytaxtida oʼtayotgan oq Olimpiadada oltinchi kun ortda qoldi. Kecha umumjamoa hisobida peshqadamlikni qoʼlga olgan germaniyaliklar yetakchilikni davom ettirishmoqda. 

Kun davomida Norvegiya qoʼlga kiritgan oltin medallari bilan birinchi oʼringa chiqib olishga muvaffaq boʼlishgan edi. Biroq Germaniyaning bugungi soʼnggi dastur – chana sportidagi jamoaviy bahsda erishgan gʼalabasi umumjamoa hisobida yana yetakchi boʼlish uchun kifoya qildi. Umumjamoa hisobidagi TOP-10:

Medallar jamgʼarish (oltin – kumush – bronza – jami)

1. Germaniya – 6-3-0 (9)

2. Norvegiya – 5-3-4 (12)

3. Аvstriya – 4-5-4 (13)

4. АQSh – 4-5-1 (10)

5. Niderlandiya – 4-3-1 (8)

5. Shvetsiya – 4-1-2 (7)

7. Kitay – 3-3-0 (6)

8. Italiya – 2-4-2 (8)

9. ROQ – 2-3-6 (11)

10. Sloveniya – 2-1-2 (5)

Text to speech