10 Fevral 2022 705

Xorazmda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining final bosqichi davom ettiriladi

Ma’lumki, “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi 12 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Ertaga Xorazmda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi navbatdagi turniri start oladi.

Biroz muddat tanaffusdan so‘ng yana qaytayotgan ushbu sport musobaqasida akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sport turi hisoblanmish voleybol bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashishadi. Uch kun davom etadigan musobaqalarda barcha hududlardan g‘olib sifatida tashrif buyurgan qizlar respublikaning eng kuchli jamoasi nomini aniqlash uchun maydonga chiqishadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning dekabr oyidan boshlab “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining respublika final bosqichiga start berilgan edi. Ortda qolgan vaqt davomida musobaqa dasturidan o‘rin olgan 3 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yakuniga yetgan 3 ta musobaqadan so‘ng, yakuniy jadvalni buxorolik sportchilar 41 ochko bilan boshqarib turishibdi. Jadvalning ikkinchi o‘rinidan 36 ochko bilan Xorazm viloyati vakillari joy olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni bir yo‘la ikki hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyati sportchilari hozircha bir xil 33 ochko jamg‘argan holda egallab turibdi.

Text to speech