3 Fevral 2022 1556

Pekin-2022: Olimpiya o‘yinlarida saralash bellashuvlari boshlandi

Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlaridagi bahslar boshlandi. Garchi musobaqaning tantanali ochilish marosimi ertaga bo‘lib o‘tsa ham, medallar uchun uzoq saralash bosqichidan iborat dasturlarda sportchilar bellashuvlarni boshlab yuborishdi.

Ayni vaqtda kyorling bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Kun davomida xokkey va mogul yo‘nalishlarida ham saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Chana sporti, tog‘ chang‘isining tezkor tushish yo‘nalishi, tramplindan sakrash dasturlarida esa rasmiy mashg‘ulotlar kun dasturidan o‘rin olgan.

Kecha tog‘ chang‘isi bahslari o‘tkaziladigan Yansin shahriga yetib kelgan hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev ham bugundan mashg‘ulotlarga kirishadi.

Text to speech