2 Fevral 2022 2889

Komiljon To'xtaev Yansin shahriga yetib keldi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan hamyurtimiz Komil To'xtayev delegatsiyamiz joylashgan Yansin shahriga yetib keldi.

Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Italiyada o'tkazgan To'xtayev Apennin yarim orolidan to'g'ri Pekin shahriga keldi. Asosiysi, sportchimiz sog'-salomat va yaxshi kayfiyatda.

"Avvalambor, meni qo'llab turgan davlatimiz va barcha hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Kayfiyat a'lo. Endi havoga moslashib olib, mashg'ulotlarni boshlayman", – deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi sportchimiz.

Eslatib o'tamiz, sportchimiz Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarida tog' chang'isi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qiladi. U 13-fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda esa slalom dasturida o'z chiqishini namoyish etadi.

Text to speech