28 Yanvar 2022 2777

Suzuvchilarimiz tibbiy koʻrikda

Maʼlumki, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Olimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarimiz muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtib kelishadi.

Bugun suzuvchilarimiz RSTIAMda chuqurlashtirilgan tekshiruvda boʻlishdi. Federatsiya shifokorining murojaati boʻyicha 5 nafar suzuvchimiz tor doiradagi mutaxassislarning nazoratida boʻlib, tibbiy koʻrikdan oʻtishdi. Tekshiruv davomida sportchilarimizning oʻzlarini qanday his etayotganliklari, jismoniy holatlari oʻrganilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Text to speech