26 Yanvar 2022 3460

Sportchilarimizning salomatligi MOQ rahbari nazoratida

Olimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarimizning MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida belgilangan grafik asosida tekshiruvdan oʻtishi davom etadi. Bugun ogʻir atletika, erkin kurash va akademik eshkak eshish boʻyicha terma jamoamiz vakillari tibbiy tekshiruvda boʻlishdi.

Jarayonni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov kuzatib borishdi. Tekshiruvda har bir jamoaning asosiy tarkib sportchilariga Markazning tor doiradagi shifokorlari xizmat koʻrsatishdi. Atletlarning salomatligi koʻzdan kechirilib, shikoyatlari tinglandi va ular boʻyicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Text to speech