31 Oktyabr 2021
1818
Shahobiddin Zoirov chorak final masalasini hal qildi
Belgradda davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni bahslari boshlandi. Bugun hamyurtlarimizdan Shahobiddin Zoirov birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi.
-54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz chorak final uchun kechgan jangda yaponiyalik Tomoya Suboi bilan bahs olib boridi. Garchi 2-raund yakunida Zoirov oldinda borayotgan bo‘lsa ham, yakunda hakamlar 3:2 hisobida yaponiyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi.