30 Oktyabr 2021 1454

Klassik kurashchilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi

1-7-noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar (U 23) o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Yigirma uch yoshgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston erkin va yunon-rum kurashi terma jamoalari ham ishtirok etadi. Bugun tongda yunon-rum kurashi delegatsiyamiz Toshkent – Istanbul – Belgrad aviareysi bilan Serbiya poytaxtiga jo‘nab ketdi.

Yunon-rum kurashi tarkibi:
55 kg: Ixtiyor Botirov
60 kg: Muhammadqodir Yusupov
63 kg: Kamol Qo‘ziyev
67 kg: Mahmud Baxshilloyev
72 kg: Jamol Jumaboyev
77 kg: Dilshod Omongeldiyev
82 kg: Muhammadqodir Rasulov

Shuningdek, erkin kurashchilarimiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

57 kg: Arslon Rahimov
61 kg: Sardor Ro‘zimov
65 kg: Abbos Rahmonov
70 kg: Begijon Qo‘ldoshev
74 kg: Asomiddin Hasanov
79 kg: Otabek Salomov
86 kg: Bobur Islomov
92 kg: Rustam Shodiyev
125 kg: Namoz Abdurashidov

Text to speech