18 Sentyabr 2021 2055

Aktenge Keunimjayeva va Feruza Sodiqovani tabriklaymiz!

Bugun ikki nafar yosh umidli sportchilarimiz Aktenge Keunimjayeva hamda Feruza Sodiqova tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Aktenge Keunimjayeva 1999-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Ayollar kurashi boʻyicha -53 kg vazn toifasida kurashadigan sportchimiz 2019-yil Xitoy va 2020-yil Hindistonda oʻtgan Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Qator nufuzli musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin egallagan.

Feruza Sodiqova 2002-yil Toshkentda tugʻilgan. Taekvondo boʻyicha -62 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Chirchiq Olimpiya zaxiralari maktab internati tarbiyalanuvchisi. Sodiqova 2018-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati bronza medali sohibi, 2019-yil Uxanda oʻtgan harbiylar oʻyinlarida ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan. Joriy yil Livanda oʻtgan Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki sportchimizni bugungi tavallud ayyom bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech