3 Sentyabr 2021
2043
Tokio-2020 Paralimpiadasi qahramonlari
Para-dzyudochimiz Feruz Saidov uchun ham joriy Paralimpiya oʻyinlaridagi gʻalaba alohida ahamiyatga ega. Rioda bronza medali bilan chegaralangan Feruz bu gal doimgidan ham katta mehnat bilan Tokioga keldi va bu mashaqqatlarining samarasini koʻrdi. Endi u ham oʻz nomini Paralimpiada chempionlari orasiga oltin harflar bilan bitib qoʻydi.