5 Avgust 2021 1904

So‘nggi startdan oldin Voronina 7 pog‘ona ko‘tarildi

Yengil atletikaning ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan yetti kurash yo‘nalishida olti dastur ortda qoldi. Unda Vakilimiz Yekaterina Voronina ishtirok etmoqda.

Bugun erta tongdan hamyurtimiz uzunlikka sakrash dasturida 6.11 metr natija qayd etib, 883 ochko ishlab olgan edi. Hozirgina nayza uloqtirish sektoridagi bellashuvlar yakunlandi. Voronina ushbu yo‘nalishda 49.88 metr ko‘rsatkich bilan 858 ochko qo‘lga kiritdi. Ushbu natijadan so‘ng vakilimiz 5329 ochko qo‘lga kiritmoqda va 19-o‘rindan 12-pog‘onaga ko‘tarildi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida peshqadamlar sarasida ketayotgan niderlandiyalik Nadin Brorsen, britaniyalik Katerin Jonson-Topson, Burkina-Faso vakilasi Marte Koala turli dasturlarda ishtirokni yakunlay olmasdan medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Ana endi kechki dasturda atletlar so‘nggi dastur 800 metrga yugurish bo‘yicha kurash olib boradilar.

Text to speech