5 Avgust 2021 1723

Bekzod Abdurahmonov Tokio-2020 Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi

Mahoratli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Dastlabki davrada kurashchimiz Puerto-Riko vakili Franklin Gomes bilan raqobat olib bordi.

Hamyurtimizning ustunligida o‘tgan bellashuv yakunda kurashchimizning muddatidan avvalgi g‘alabasi bilan xotima topdi. Endi Abdurahmonov chorak finalda rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi gilamga chiqadi.

Text to speech