4 Avgust 2021 1575

Dilnoza va Nilufar yarim final uchun startga chiqishdi

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilalarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova chorak final bahsini o‘tkazishdi.

200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. Vakilamiz o‘z guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi. Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya ko‘rsatdi. Afsuski, bu natija ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchidan 0.008 soniya pastroq natija bo‘ldi va Rahmatova ham yarim finalga yo‘l ololmadi. Reglamentga ko‘ra, chorak finalda o‘z guruhlaridan eng yaxshi natija qayd etgan ikki nafardan sportchi keyingi davrada ishtirok etadi.

Endi hamyurtlarimiz juftlik bahslarida qatnashadilar. Ularga bo‘lajak startda omad tilab qolamiz.

Text to speech