Diyora Keldiyorova: "Katta sportga qaytyapman"
Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin yana mashg‘ulotlarni boshladi. Hozirda sportchimiz yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
“Ha, katta sportga qaytyapman. Uzoq tanaffusdan keyin birdan terma jamoa olib borayotgan yig‘inga qo‘shilish qiyin. Shu bois hozir alohida mashg‘ulot o‘tkazyapman. Qaysi musobaqada kurashaman? Bu haqida hozir aniq ayta olmayman. Sport formamni tiklay olsam, Osiyo o‘yinlarida qatnashib ko‘rishim mumkin. Ulgura olmasam, undan keyingi biror musobaqada ishtirok etish niyatidaman”,
— dedi sportchimiz.
Eslatib oʻtamiz, sportchimiz Parij-2024 Olimpiadasidan keyin farzandli boʻldi va deyarli 2 yillik tanaffusdan keyin musobaqalarga qaytmoqda.