FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund

Komiljon To‘xtayev: "Eng asosiysi – trassani imkoni boricha tezroq va xatolarsiz bosib o‘tish"

Yaqinlashib kelayotgan Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlarida togʻ changʻichilarimizdan umid katta. Xususan, Olimpiya oʻyinlarining ikki karra ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayevdan. Sportchimiz hozirda Italiyada soʻnggi tayyorgarlikni olib bormoqda.

– Boʻlajak Oʻyinlariga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
– Bu mening faoliyatimdagi yangi musobaqa. Tayyorgarlik koʻngildagidek oʻtyapti. Mashgʻulotlarda har bir burilishdan soʻng tezlikni oshira olishim uchun muvozanatni saqlab turishga harakat qilyapman. Hozir eʼtibor qaratishim kerak boʻlgan asosiy jihat shu.

– Xarbinda oʻz oldingizga qanday maqsad qoʻygansiz?
– Qishki Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Biroq sportda oldindan biror narsani aytish qiyin. Eng asosiysi – trassani imkon boricha tezroq va xatolarsiz bosib oʻtish. Mana shu muhim ikki ishni amalga oshira olgan sportchi oʻzi uchun medalni kafolatlashi mumkin boʻladi.

– Medallar uchun raqobatda kimlarni sanab oʻta olasiz?
– Sharqiy mamlakatlarda startga chiqmaganimga ancha boʻlgan. Koʻplab changʻichilar, ularning imkoniyatlari haqida maʼlumot deyarli yoʻq. Lekin ushbu sportning davlatlardagi rivojlanganlik holatidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalari asosiy raqobatchi boʻladi.

Text to speech