FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund

Bahrom Mendiboyev: “Akbar Joʻrayev ham mashgʻulotlarga qaytdi”

Yil yakunida ogʻir atletikachilarimizni masʼuliyatli musobaqalar kutib turibdi. Kattalar terma jamoamiz Bahrayn mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorlanayotgan boʻlsa, oʻsmirlar va yoshlar jamoalarimiz Qatarda oʻtadigan qitʼa birinchiligida ishtirok etishadi. Asosiy terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev boʻlajak startlar oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:

– Olib borilayotgan yigʻin koʻngildagidek ketmoqdami?
– Hozir barcha terma jamoalarimiz Chirchiqdagi bazada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib boryapti. Hozirgi yigʻinimiz ikkinchi bosqichda boʻlib, bazaviy texnikalarni oshirish ustida ishlayapmiz.

– Jahon chempionati uchun tarkib aniqmi? Unda Akbar Joʻrayevni ham koʻramizmi?
– Akbar kichik tanaffusdan keyin mashgʻulotlarga qaytgan. Hozirda yakka tartibda oʻzi yengil mashgʻulotlarni oʻtkazyapti. Agar musobaqagacha oʻzining optimal sport formasiga kira olsa, uni ham tarkibga kiritishimiz mumkin. Rejaga koʻra, 15-noyabrda nazorat mashgʻulotimiz bor. Unda dunyo birinchiligiga tayyorlanayotgan hamma nomzodlar xuddi musobaqadagidek tosh koʻtarishadi. Terma jamoaning yakuniy tarkibi va kimning qanday holatda ekani shu vaqtda aniq boʻladi.

Text to speech