3 Dekabr 2025 11

"Prezident Olimpiadasi"da nominatsiyalar g‘oliblari aniqlandi

Marosimda turli nominatsiyalarda gʻolib deb topilganlar oʻz mukofotlarini qabul qilib olishdi.

— “Eng yosh iqtidorli sportchilar”
Qamariddin Xudoyberganov (yunon-rum kurashi, Toshkent shahri);
Rushanabonu Isoyeva (boks, Buxoro viloyati)

— “Rekord natija qayd etgan sportchi”
Shahnoza Haydarova (ogʻir atletika, Surxondaryo viloyati)

— “Eng namunali trener”
Shuhrat Alijonov (ogʻir atletika, Andijon viloyati)

— “Eng yaxshi hakam”
Dmitriy Kim (taekvondo WT)

— “G’alabaga bo‘lgan yuksak irodasi va jamoaviy birdamligi uchun”
Qoraqalpog’iston Respublikasi

— “Sportchilarga eng namunali sharoit yaratgan hudud”
Andijon viloyati

— “Og‘ir atletika sport turida lider bo‘lgan delegatsiya”
Surxondaryo viloyati

— “Yengil atletika sport turida lider bo‘lgan delegatsiya”
Sirdaryo viloyati

— “Taekvondo WT sport turi jadal rivojlanayotgan hudud”
Jizzax viloyati

— “Medal jamg‘argan sport maktablari eng ko‘p bo‘lgan hududiy delegatsiya”
Farg‘ona viloyati

— “Sport turlari geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo‘shayotgan hudud”
Samarqand viloyati

— “Muxlislar mehrini qozongan delegatsiya”
Namangan viloyati

— Ishtirokchilar tarkibida gender tengligi ta’minlangan delegatsiya”
Qashqadaryo viloyati

— “Istiqbolli delegatsiya”
Navoiy viloyati

— “Namunali tashkilotchiligi uchun”
O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi;
O‘zbekiston boks federatsiyasi;
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi;
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi.

Umumjamoa hisobida g’olib va sovrindor bo‘lgan hududiy sport delegatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan taqdirlandi.

1-oʻrin: Toshkent shahri (26 ta oltin, 15 ta kumush, 12 ta bronza)

2-oʻrin: Toshkent viloyati (18 ta oltin, 8 ta kumush, 30 ta bronza)

3-oʻrin: Xorazm viloyati (16 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza).

Text to speech