23 Noyabr 2025 59

Prezident Olimpiadasi ishtirokchilari yangi barpo etilgan mehmonxonalarga joylashtirildi

Prezident Olimpiadasi qatnashchilari poytaxtimizga yetib kelishi bilan ular uchun maxsus ajratilgan, zamonaviy va qulay mehmonxonalarga joylashtirildi. “Olimpiya shaharchasi” yaqinida barpo etilgan ushbu majmuada sportchilar uchun xotirjam dam olish, sifatli mashg‘ulot o‘tkazish va musobaqaga puxta tayyorlanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.

Mazkur kompleksdagi infratuzilma yuqori darajada bo‘lib, sportchilarning zarur ehtiyojini inobatga olgan holda tashkil etilgan. Prezident Olimpiadasining yuqori saviyada o‘tishi uchun barcha xizmatlar uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

Text to speech