23 Noyabr 2025
126
“Prezident Olimpiadasi”ning dastlabki mehmonlari kutib olindi
“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining final bosqichi — Prezident Olimpiadasining dastlabki ishtirokchilari poytaxtimizga yetib kelishdi. Tongda Toshkent Janubiy vokzalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan yosh sportchilar tantanali qarshi olindi.
Mehmonlar tashkilotchilar va volontyorlar tomonidan iliq kutib olinib, ishtirokchilar uchun tayyorlangan dastur asosida yashash manzillariga kuzatib qoʻyildi.
Musobaqa ishtirokchilari Olimpiya shaharchasi yaqinida bunyod etilgan zamonaviy mehmonxonalarga joylashtirilmoqda.
