Rasmiylar “Prezident Olimpiadasi” mehmonlarining ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdi
Bir necha kundan soʻng start oladigan “Prezident Olimpiadasi”ga qizgʻin tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bugun Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, musobaqa ishtirokchilari hamda mehmonlari uchun yaratilgan infratuzilma bilan batafsil tanishdi.
Shaharchada sportchi va murabbiylar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, rasmiylar shaharcha restoranida boʻlib, tamaddi qilish uchun yaratilgan muhit, ovqatlanish standartlari, ratsion hamda kunlik menyu sifati borasida atroflicha maʼlumot oldi.
Mutasaddilar oʻrganish ishlari yuzasidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ovqatlar ratsioniga eʼtibor qaratish, shuningdek, bu jarayonga diyetologlarni ham jalb qilish va ularning koʻrsatmalariga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berishdi.






