14 Noyabr 2025 130

“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Bugun Sport vazirligida vazir o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov va MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirokida “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada o'tkazish borasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida ishchi guruhlari tomonidan "Olimpiya shaharchasi" hamda joylarda tashkil etiladigan musobaqa obyektlarida sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan belgilangan yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish, xavfsizlik choralarini ko'rish va musobaqa jarayonlarida ochiqlik va shafoflikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimiga tayyorgarlik ko'rish, har bir sport turi bo'yicha o'tkaziladigan bahslarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, musobaqalar jarayoniga volontyorlarni jalb qilish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga musobaqalar jadvaliga qat'iy rioya qilish, sportchilarning musobaqalarga yetib kelishi va ketishi uchun logistika tizimini nazorat qilish va mehmonxonalarga joylashish kabi masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi.  

Manba: Sport vazirligi

Text to speech