Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyodagi sport harakatini boshqaruvchi va sportni yuqori marralarida qo’llab quvvatlovchi va nazorat qiluvchi tashkilot sanaladi. U Uzoq Sharqdan Yaqin Sharqqacha bo’lgan xududni va shu bilan birga bir qancha sobiq Sovet mamlakatlarini sport bo’yicha boshqarish tizimini o’z ichiga oladi.
Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo qit’asining yoshlariga adolatli o’yin sharti bilan sportning xavaskorlik, o’rtoqlik turlaridagi o’yinlarda katta moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatadi.
Osiyo Olimpiya Kengashi - Osiyo qit’asidagi xavaskorlik sport turiga ma’sul tashkilotdir Osiyo Olimpiya Kengashi.Olimpiya bo’yicha, qit’alararo va boshqa xalqaro o’yinlarga javobgar boshqaruv organidir. U Osiyo Olimpiya Kengashiga a’zo davlatlarning sport bo’yicha amalga oshiradigan ishlarini boshqaradi, har 4 yilda 1 marotaba bo’lib o’tadigan yozgi va qishki Olimpiya o’inlarini davomiy o’tishini ta’minlaydi. Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo qit’asidagi Olimpiya harakatini targ’ib qiluvchi va unga a’zo bo’lagan davlatlarda yuzaga keladigan har qanday sport muammolarini hal etuvchi tashkilot sanaladi.
Osiyo Olimpiya Kengashini moddiy ta’minlovchilari:
- Quvayt hukumati
- Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va Olimpiya birdamligi
- Yozgi va qishki Osiyo Olimpiya o’yinlari marketingi