O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi O'zbekiston, Toshkent, 100003, Olmazor qo'chasi 15/1
Tel:
+998 71 245 72 42
Faks:
+998 71 244 73 29
E-mail:
info@olympic.uz
olympic@sarkor.uz
:: MOQ tizimi ::
O'zbekiston MOQ tizimi
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi quyidagilardan tashkil topgan:
Prezident va Bosh kotib;
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining O’zbekistonda yashayotgan a’zolari;
Xalqaro federatsiyalar a’zolari hisoblangan, sport turlari Olimpiada oyinlariga kiritilgan yoki vakillari MOQ va uning Ijroqo’mi tomonidan ko’pchilik ovoz olgan milliy sport federatsiyalari;
Olimpiya sport turlari va milliy sport turlari federatsiyalari vakillari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri sport tashkiloti umumiy yig’ilishlarida demokratik yo’l bilan nomzodlari ilgari surilgan sport tashkilotlari vakillari;
Jismoniy tarbiya va sportni boshqaruvchi hukumat organlari, ko’ngilli sport jamiyatlari va idoralar vakillari;
Atletlar – bo’lajak va o’tgan Olimpiada o’yinlari ishtirokchilari;
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Akademiyasi prezidenti;
Sport jurnalistlari federatsiyasi vakillari;
Alohida shaxslar – Olimpiya harakati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari (ko’zga ko’ringan jamoat, fan va san’at arboblari);
O’zbekiston MOQning faxriy a’zolari;
MOQ faoliyatiga moddiy, moliyaviy ko’maklashayotgan tashkilotlar vakillari;
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasining boshqaruv organlari:
Bosh Assambleya;
Ijroiya qo’mitasi (Ijroqo’m);
Ijroqo’m Byurosi.
Bosh Assambleya vakolati doirasi quyidagicha:
O’zbekiston Respublikasida Olimpiya harakatini rivojlantirishga doir masalalarni ko’rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Olimpiada, Osiyo o’yinlari va Xalqaro Olimpiya qo’mitasi hamda Osiyo Olimpiya Kengashi vasiyligida o’tkaziladigan musobaqalarga mezbonlik qilish uchun respublika shaharlari nomzodini ilgari surish haqida qaror qabul qilish;
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi faoliyatining dasturlarini tasdiqlash;
Milliy Olimpiya qo’mitasi Ijroqo’mi va taftish komissiyasining yillik va to’rt yillik davr mobaynidagi faoliyatiga doir hisobotlarni ko’rib chiqish va nazorat qilish;
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi a’zoligiga doir qaror qabul qilish;
Prezident, vitse-prezidentlar, bosh kotib, ijroiya qo’mitasi va taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
Respublika sport faderatsiyalarini va ularga tenglashtirilgan birlashmalarni (assotsiatsiya) tan olish;
Bosh Assambleya yiliga kamiga bir marotaba o’tkaziladi;
To’rt yilda bir marotaba, navbatdagi Olimpiada o’yinlari o’tkazilgan yildan keyingi yil O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasining hisobot-saylov Bosh Assambleyasi o’tkaziladi. Unda Ijroqo’m hisoboti tinglanadi, boshqaruv organlariga saylovlar o’tkaziladi;
Bosh Assambleya faqatgina a’zolarning yarimidan ko’pi ishtirok etganda va kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha qaror qabul qilish huquqiga ega;
Ovoz berish ishritok etayotgan Milliy Olimpiya qo’mitasi a’zolari o’rtasida ochiq yoki yashirin tarzda otkaziladi. Agar Olimpiada o’yinlariga doir masalalar ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, faqatgina MOQ Ijroqo’mi a’zolari va Olimpiada o’yinlariga kiritilgan sport turlari bo’yicha xalqaro federatsiyalar vakillarining ovozi qabul qilinadi.
Bosh Assambleyalar oralig’idagi muddatda O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi faoliyatini Ijroiya qo’mitasi boshqaradi. Uning tarkibi Bosh Assambleya tomonidan belgilanadi. Unga prezident, vitse-prezidentlar, bosh kotib va ijroqo’m a’zolari kiritiladi;
Ijroqo’m majburiyatlariga quyidagilar kiradi :
Ustavga amal qilinishini ta’minlash;
Bosh Assambleyani o’tkazish muddati, joyi va run tartibini aniqlash;
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi byudjeti, moliyaviy va ma’muriy qoidalarini tasdiqlash va ularni nazorat qilish.
Doimiy komissiyalar ro’yatini tasdiqlash va ularning faoliyati va vakolat doirasini belgilash;
Bosh Assambleya topshiriqlarini bajarish;
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi yangi a’zolarini e’tirof etilishi, MOQ a’zolarini ragbarlantirish, Ustav talablari buzilgan holda MOQ a’zolariga nisbatan jazo choralarini qo’llash;
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tomonidan tuzilgan shartnomalar, kelishuv va bitimlarning shatlarini ko’rib chiqish;
O’zbekiston terma jamoalarining Olimpiada va Osiyo o’yinlari hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va Osiyo Olimpiya Kengashi shafe’ligida o’tkaziladigan xalqaro komplex musaboqalarga tayyorlanishi va ishtirok etishini ko’rib chiqish va qaror qabul qilish;
Respublika sport federatsiyalari bilan tomonidan taqdim etilgan sportchilarni ro’yxatdan o’tkazish haqida qaror qabyl qilish;
Sport Federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan ro’yxatlarni Olimpiya Xartiyasiga mos tushishini (har tomonlama) ta’minlash;
Sport delegatsiyasining epikirovkasi, transportirovkasi va joylashuvini tashkil etish;
Delegatsiya a’zolari manfaati uchun baxtsiz hodisalardan (nogironlik, o’lim, kasallik, tibbiy va dori-darmon harajatlari) va uchinchi shaxs oldida fuqarolik javobgarlikdan sug’urtalash borasida shartnoma tuzish; Sport delegatsiyalari a’zolarining yurish-turishiga javobgar;
Ijroqo’m majlislarini bir yilda kamida uch marotaba lozim topgan vaqtda o’tkazadi, shuningdek, MOQ prezidenti yoki ijroqo’m a’zolarining kamida uchdan bir qismi talabi bilan o’tkazish mumkin;
Ijroqo’m majlisda a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda qaror qabul qilishi mumkin.
Qaror ochiq ovoz berish orqali Ijroqo’m a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar tengligida prazidentning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.