Mamlakatimiz sportsmenlari eng yuqori darajadagi xalqaro musobaqalarda namunali ishtirok etishib, O’zbekiston Respublikasining jahondagi nufuzini oshirishga o’z hissasini qo’shib kelishmoqda. Ular Afinada bo’lib o’tgan Olimpiyadada yuqori natijalarga erishgan : ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza medallariga ega bo’lib, 202 ta ishtirok etgan davlatlar orasida 34-o’rinni egallagan. Doha (Qatar) da bo’lib o’tgan 15-Osiyo o’yinlarida 37 medal sohibi bo’lishgan, ulardan – 11ta oltin, 14ta kumush va 14ta bronza. 45ta ishtirok etgan davlatlar ichidan 7-o’rinni egallashgan.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi Pekin (Xitoy) da bo’lib o’tadigan XXIX yozgi Olimpiyada o’yinlariga qizg`in tayorlanmoqda. Tayorgarlik chog`ida «MTS»(Uzdunrobita), «Sarkor Telekom», «Coca-Cola», «O’zbekiston Havo Yo’llari» va boshqa shu kabi muvaffaqiyatli rivojlanib kelayotgan korxonalar aktiv hamkorlik qilishmoqda. Ularning yordami bilan Olimpiya terma jamoamizning tayorgarlik ko’rishini sifatli ta’minoti va Olimpik harakatni g`oyalarini mamlakatimizda targ`ib qilish bo’yicha homiylik dasturlari amalga oshirilmoqda. Olimpiya musobaqalari butun dunyoda katta qiziqish uyg`otib keladi – bundan tashqari, halqaro sport hodisalari juda katta marketing va reklama jozibadorliligiga ega.
Milliy Olimpiya Qo’mitasi O’zbekiston Olimpiya termasini Pekindagi o’yinlarga tayorgarligini qo’llab quvvatlash va Olimpik harakatni rivojlantirish maqsadida Sizga o’zaro foydali hamkorlik taklif qiladi. Batafsilroq ma`lumotlar bilan qistirilgan taqdimotda tanishishingiz mumkin.