
78000 yaqin volontyorlar Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiadada xizmat qiladilar. Sport ishqibozlari uchun rasmiy o’yinlar atributika mahsus do’konlari ochildi. Olimpiada tashkilotchilari ishqibozlarga rasmiy tarzda o’yin chiptalarini ro’yxatdan o’tkazilishini e’lon qilishdi.
Chiptalar keyingi yildan boshlab sotuvga chiqariladi, shuningdek bugungi kunga qadar 1.4 million ishqibozlari haridor sifatida ro’yxatga olingan. Barcha musobaqalar uchun umumiy hisobda 8 million chiptalar sotish rejalashtirilmoqda.
Olimpiada tashkilotchilari o’yinlar uchun ikkita animasion personajni Uenlok va Mandevil taqdim etishdi. 2012 yildning 27 iyulda sharqiy Londonning Olimpiada maydonida XXX Olimpiada mash’alasi yoqiladi. Buyuk Britaniyaning poytahti 1908 va 1948 yillarda Olimpiada o’yinlariga mezbonlik qilgan. 2012 yildagi Olimpiada o’yinlarini o’tkazish uchun 9,3 mlrd funt sarflanadi. Mablag’ning aksariyat qismi sharqiy Londonnni kambag’al qismini infrastrukturasini yahshilashga ajratildi.
Britaniya XXX Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarni tayyorgarligi uchun qp’shimcha hamkorlar qidirmoqda.
Britaniya sport tashkilotchilari mamlakat sportchilari tayyorgarligi uchun moliyaviy hamkor qidirmoqdalar. Tayyorgarlikni tashkil qilish uchun 15 mln funt sterling (23 mln dollar) sarflanadi. Ushbu mablag’ni yig’ish uchun 750 ta firma jalb qilinib, har bir firma tomonidan 20 ming sterling berilsa reja asosida talab qilingan summa olinadi.
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi Londondagi Olimpiadani yoritib beradigan jurnalistlarni ro’yhatdan o’tkazilishini e’lon qildi
2010 yil 27 iyulda Londonda bo’lib o’tadigan ÕÕÕ Olimpiada o’yinlari startidan ikki yil oldin XOQsi o’yinlarda ishtirok etadigan matbuotchilarning arizalarini qabul qilish jarayonini boshlanganligini e’lon qildi. An’anaga ko’ra ommaviy axborot vositalari vakillari va fotokorrespondentlar soni 5600 ta bilan chegaralangan. Ushbu raqam Sidneyda bo’lib o’tgan Olimpiada o’yinlarida aniqlangan, shundan buyon o’zgartirilmagan.