Jahon arenalarida bo’lib o’tayotgan xalqaro turnirlarda o’zbekistonlik dzyudochilar muvafaqqiyatli ishitirok etmoqdalar. Jahon kubogi uchun Koreyaning Sunvon shahrida bo’lib o’tayotgan navbatdagi bosqichda hamyurtimiz Mirzohid Farmonov kumush medal sohibi bo’ldi. Musobaqalarda 30 mamlakatdan tashrif buyurgan 100 dan ziyod dzyudochilar ishtirok etdilar.
Yaponiyada ham dzyudo bo’yicha Tokiyo-2009 katta shlem turniri bo’lib o’tdi. Mazkur turnirdan ikki nafar sportchimiz medallar bilan yurtimizga qaytmoqdalar. Bular Dilshod Choriyev hamda Abdullo Tangrievlardir. Ular bronza medal sohiblari bo’ldilar. Eslatib o’tamizki, mazkur nufuzli musobaqalarning sovrin fondi 154 000 AQSH dollarini tashkil etadi.