asosiy| teskari aloqa shakli o'zb | ðóñ | eng    
Yangiliklar / O’zbekistonlik olti nafar bokschi - Jahon chempionatining chorak finalida


O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi
O'zbekiston, Toshkent, 100003, Olmazor qo'chasi 15/1
Tel: +998 71 245 72 42
Faks: +998 71 244 73 29
E-mail: info@olympic.uz
 olympic@sarkor.uz


 
:: Yangiliklar ::
O’zbekistonlik olti nafar bokschi - Jahon chempionatining chorak finalida
Italiyaning Milan shahrida bo’lib o’tayotgan boks bo’yicha Jahon chempionatida ishtirok etayotgan o’n bir O’zbekistonlik sportchidan olti nafari chempionatning chorak finaliga yo’l oldilar.

8 sentyabr kuni  Chempionatning chorak finaliga saralash bahslari o’z nihoyasiga yetdi.  Bokschilarimiz  Abbos Atoyev(70-73kg) Braziliyalik Yamaguchi Florentinoni 8:3, Ramzijon Ahmedov (82-91kg) vengriyalik bokschi Yozef Darmosni 13:10, Bahodirjon Sultonov (55-57kg) polshalik bokschi Michak Chudekini 15:6 hisobida mag’lubiyatga uchratib chorak final musobaqalarida o’z ishitroklarini ta’minladilar.

Sanjarbek Rahmonov (61-64kg) AQSH lik Franks Gomesga 10:19 hamda Shahriyor Isoqov (49-51kg) tailandlik  Amnaj Ruenroenguga 3:10  hisobida imkoniyatni qo’ldan boy berdilar.

To’lashboy Doniyorov, Botirjon Mahmudov va Elshod Rasulovlar ham chorak finalga yo’llanmani qo’lga kiritganlarini  eslatib o’tamiz.

Bugun, 9 sentabr kuni o’zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi  chorak finalning 6 ta musobaqasi bo’lib o’tadi:

52-54 kg, To’lashboy Doniyorov – Detelin Dalakliyev (Bolgariya).

55-57 kg, Bahodirjon Sultonov  –  Kerem Gurgen (Turkiya).

65 -69 kg, Botirjon Mahmudov  – Mikael Zevski (Kanada).

70 -75 kg, Abbos Atoyev – Konstantin Buga (Germaniya).

76 - 81 kg, Elshod Rasulov  – Rene  Krause (Germaniya).

82-91 kg, Ramzijon  Ahmedov – Djon Mbumba (Fransiya).

 09-09-2009
MOQ Matbuot xizmati
 
  HAMKORLAR


Bosh hamkor - "Uzdunrobita" kompaniyasi
Sarkor Telecom
Axborot hamkori - "Sarkor Telecom" kompaniyasi
O'zbekiston Havo Yo'llari
Olimpiya terma jamoasining bosh eltuvchisi - "O’zbekiston Havo Yo’llari"
Coca-Cola

Olimpiya kunining bosh homiysi - "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd".


Powered by Sarkor Content Manager v1.2



www.olympic.org ocasia.org www.vancouver2010.com Guangzhou-2010 IWG Sydney 2010 Singapore 2010 www.london2012.com www.sochi2014.com
   O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi, 2004-2009
   Tayerlangan: Sarkor Solutions