O’zbekistonlik velospoygachi Vladimir To’ychiyev Osiyo Chempioni bo’ldi. Indoneziyada bo’lib o’tgan velosport bo’yicha Osiyo Chempionatida hamyurtimiz Vladimir To’ychiev poygada, hamda treklarda eng yahshi natijalarni ko’rsatib eng ko’p ochko to’plab turnirning oltin medaliga sazovor bo’ldi. 4 km ga bo’lgan individual poygada ko’rsatgan natijalari bo’yicha Vladimir To’ychiyev mazkur musobaqada o’zining ikkinchi medali-kumiush medalni qo’lga kiritdi.
O’n yetti yoshlik hamyurtimiz Roman Dronin yosh bo’lishiga qaramay Chempionatda sovrinli o’rinni egalladi. U yoshlar o’rtasida bo’lib o’tgan shosse bo’ylab poygalarda bronza medalini qo’lga kiritdi.